Bank prognoziga ko'ra, koronavirus pandemiyasi oqibatida yuzaga kelgan global iqtisodiy krizisga qaramay, O'zbekistonda yalpi ichki mahsulotning kamtarona, 1,5 foizlik o'sishini qayd etadi.
Bank 2021 yilda O'zbekiston iqtisodiyotida eksportni tiklash va ichki talab orqali 6,5 foizga o'sishi kuzatilishini prognoz qilmoqda. ETTBning «Mintaqaviy iqtisodiy istiqbollar» hisobotiga ko'ra, koronavirusni to'xtatish borasidagi chora-tadbirlar ta'siri oqibatida eksportning kamayishi iqtisodiyotni sekinlashtiradi.
Agar uzoq vaqt davomida ijtimoiy masofa saqlash choralari qo'llanilsa bu bank tizimi barqarorligida salbiy oqibatlarga olib kelishi, krizisdan ilgari kuzatilgan xususiy sektorga kreditlar ajratishning jadal kengayib borishi zaif nuqtaga aylanishi mumkin.
YAIM ulushining taxminan 8 foizini tashkil etuvchi Rossiyadan pul o'tkazmalarining qisqarishi, turizm va mehmonxona sektorlarining esa koronavirus pandemiyasi sababli yuzaga kelgan uzilishlardan kuchli zarar ko'rishi kutilmoqda.
Hisobotda Xitoy O'zbekiston uchun tovarlar eksportining asosiy bozori bo'lsa-da, bu umumiy eksportning atigi 14 foiziga to'g'ri kelishiga va mamlakat umumiy eksport tuzilmasining boshqa Markaziy Osiyo mamlakatlariga nisbatan mahsulot va bozorlar jihatidan ko'proq diversifikatsiya qilinishiga tushuntirish beriladi.