Darhaqiqat, Harakatlar strategiyasi bugungi globallashuv sharoitida yer yuzida tub oʻzgarishlar kechayotgan murakkab bir vaziyatda, Oʻzbekiston uchun siyosiy, huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy islohotlarning eng muhim besh ustuvor yoʻnalishini amalga oshirishning yaqin istiqbolga moʻljallangan muhim milliy strategik hujjatidir.

“Taraqqiyot strategiyasi” markazi tomonidan Harakatlar strategiyasi, shuningdek, mazkur hujjat asosida qabul qilinayotgan har yilgi Davlat dasturlarining qanday amalga oshirilayotgani va ijrosi qay tarzda taʼminlanayotgani haqida bir qator infografik risolalar va boshqa targʻibot materiallari tayyorlanib, milliy va xalqaro jamoatchilikka taqdim etib kelinmoqda.

Yaqinda nashr etilgan navbatdagi toʻplamda ham oʻtgan 2020-yil – Harakatlar strategiyasini “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”da amalga oshirishga oid Davlat dasturida belgilangan chora-tadbirlarning hayotga joriy etilishi haqidagi muhim maʼlumotlar bilan tanishish mumkin.