2020-yil davomida oʻtkazilgan davlat ekologik nazorati natijalariga koʻra daraxt va butalarni noqonuniy kesilishi bilan bogʻliq jami 3 960 ta huquqbuzarlik aniqlangan.
Noqonuniy daraxtkesarlarning 136 nafari mansabdor shaxslar.
Huquqbuzarlarga jami 4,578 mln.soʻm jarima solingan, oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar miqdori esa – 15,305 mln.soʻm.
Aniqlanishicha, jami 2 724 m3 buta, 7 812 dona daraxt shundan, 3 428 dona qimmatli va 4 384 dona kamyob va qimmatbaho daraxtlar noqonuniy ravishda kesilgan.
18 ta holat boʻyicha qonunbuzarlik sodir etgan shaxslarga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatilgan.
Huquqbuzarlardan 127 ta qurol-aslahalar ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilgan.