"Saxovat va koʻmak” umumxalq harakati doirasida prokurorlar sektoridagi ehtiyojmand oilalarga oziq–ovqat va dori darmon berilishi taʼminlandi, 3 mingdan ortiq oilaga ixcham issiqxona qurilishida yordam koʻrsatildi;

Shuningdek, 150 mingdan ziyod ishsiz fuqaroning bandligi taʼminlandi;

Ogʻir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan 504 nafar ayolga arzon uy-joy ajratilishida amaliy yordam berildi;

“Yoshlar – kelajagimiz” dasturi doirasida 8 ming 618 nafar yosh tadbirkorga 1,8 trln. soʻm kredit ajratilishida amaliy yordam koʻrsatilib, 42 mingdan ziyod yangi ish oʻrni yaratildi;

“Mehribonlik uylari” va “Bolalar shaharchasi” muassasalarining 216 nafar bitiruvchisi uy-joy bilan taʼminlandi;

Rivojlanishda nuqsoni boʻlgan 109 mingdan ziyod bolalar tibbiy koʻrikdan oʻtkazildi, 4 ming 397 nafariga dori -darmon, tibbiyot jihozlari va oʻquv qurollari berildi;

4 ming 397 nafar tadbirkorga kredit, 965 nafariga yer maydoni, 249 nafariga bino ajratilishida, 3 ming 675 nafariga kommunikatsiya tarmoqlariga ulanishida hamda 2 ming 729 nafariga litsenziya va ruxsatnomalar berilishida amaliy koʻmak berildi.

Koʻrsatilgan yordam natijasida 14 ming 407 ta yangi tadbirkorlik subyekti tashkil etildi. 19 ming 357 ta korxonaning faoliyati tiklanishi hamda 50 mingdan ortiq yangi ish oʻrni yaratilishi taʼminlandi.

2020-yilda jami 151 ming 266 nafar fuqaroning buzilgan huquqi tiklandi;

34 ming 482 ta qonunga zid huquqiy hujjatlar qonunga muvofiqlashtirildi, aniqlangan qonun buzilishlarini bartaraf etish yuzasidan 18 ming 988 ta taqdimnoma kiritildi, sudlarga 305 mlrd. soʻm zararni undirish haqida 9 ming 779 ta ariza berildi. Prokuror tekshirishlari va dastlabki tergov davomida jami 736 mlrd. soʻm zarar undirilishi taʼminlandi.