2020 yilda eng ko‘p sement “Qizilqumsement” AJda ishlab chiqarilgan

    Sanoat 21 Yanvar 2021 2207

    O‘tgan 2020 yilda korxonalar tomonidan 12 mln 537 ming tonna sement ishlab chiqarilgan.

    Eng ko‘p sement “Qizilqumsement” AJ tomonidan tayyorlangan. Yil davomida korxonada 3 mln 615 ming tonna mahsulot mijozlarga yetkazilgan. “Ohangaronsement” AJda ham bu borada yuqori ko‘rsatkichlar qayd etilgan.

    Aksiyadorlik jamiyati tomonidan 1 mln 612 ming tonna sement tayyorlangan. Toshkent viloyatida joylashgan yana bir yirik sement zavodi “Bekobodsement” AJ ham ishlab chiqarish hajmi bo‘yicha yetakchi hisoblanadi.

    Korxonada 2020 yilda 1 mln 149 ming tonna sement axoliga yetkazib berilgan. «Olmaliq kon-metallurgiya kombinati» AJga qarashli Sherobod sement va Jizzax sement zavodlari tomonidan jami 2 mln 99 ming tonna sement ishlab chiqarilgan. “Quvasoysement” AJda esa yil davomida 860 min tonna sement tayyorlangan.

    Shuningdek, "Qoraqalpoqsement" MChJ QK (280 ming tonna), "Surxonsementinvest" MChJ (168 ming tonna), "Farg‘onatsement" MChJ QK (133 ming tonna), "Turon Eko Sement Grupp" MChJ (126 ming tonna), "Jomboy Yashil Chiroklari" MChJ (73 ming tonna), "Sho‘rsuv Sement" MChJ (52 ming tonna), "Marokand Kabel Invest" MChJ (31 ming tonna) tomonidan sifatli sement mahsulotlari ishlab chiqarilgan.