2020-yilda Oʻzbekistonda eksport hajmi 15,1 mlrd dollarni tashkil etdi

    Mamlakatimizda 14 Yanvar 2021 1200

    Bu haqda AOKAda boʻlib oʻtayotgan matbuot anjumanida Investitsiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi oʻrinbosari Aziz Voitov maʼlum qildi:

    «Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, 2020-yilning yakunlari boʻyicha asosiy vositalarga kiritilgan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hajmi 2019-yilning shu davriga nisbatan 101,5 foizni yoki 6,6 mlrd dollarni tashkil etdi.

    Investitsiya dasturi doirasida 197 ta loyiha amalga oshirildi va shuning hisobiga 38 ming ish oʻrni yaratildi. Bundan tashqari, hududiy investitsiya dasturlari doirasida jami 59,1 trln soʻmlik 10 586 ta loyiha amalga oshirildi va bu 131,5 ming yangi ish oʻrni tashkil etilishiga imkon berdi.

    Tashqi savdo faoliyati koʻrsatkichlarini koʻrib chiqadigan boʻlsak, 2020-yil yakunlariga koʻra, eksport hajmi 15,1 mlrd dollarni tashkil etdi. Shuningdek, 47 turdagi yangi mahsulotlarni eksportga yetkazib berish yoʻlga qoʻyildi».