Oʻgʻrilik jinoyatini sodir etganlikda ayblanib, Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tomonidan 2020-yildan buyon qidiruvda boʻlgan, 1998-y.t. Erkinova Gulruxxon Akmaljon qizi Toshkent shahriga deportatsiya qilindi.

«Ushbu shaxsning xatti-harakatlaridan jabr koʻrgan fuqarolardan Oʻzbekiston Respublikasining Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi yoxud ichki ishlar organlarining quyi hududiy boʻlinmalariga murojaat qilish soʻraladi.
Jinoyat uchun jazoning muqarrarligini taʼminlash maqsadida Turkiya hududida hamkorlikdagi tadbirlar tizimli ravishda davom ettirilmoqda», deyiladi Oʻzbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi xabarida.