Endilikda soliq organlarida soliq toʻlovchilar hisobini yuritish jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami (JSHSHIR)dan foydalangan holda amalga oshiriladi.
Bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 23-martdagi “Aholi va tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlaridan foydalanishda yana-da qulay sharoitlar yaratish, bu borada byurokratik toʻsiqlarni qisqartirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PF-6191-sonli Farmonida belgilangan.
Shundan kelib chiqib, joriy yilning 1-iyulidan boshlab Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali jismoniy shaxslarga koʻrsatiladigan “STIR ochish”, “Soliq toʻlovchining – hisobga qoʻyilgan maʼlumotlarini oʻzgartirish” xizmatlarini koʻrsatish toʻxtatiladi, deya xabar beradi @MyGovUz telegram kanali.