Oʻzagroinspeksiya” faoliyatini tartibga soluvchi huquqiy-normativ hujjatlarga asosan, inspeksiya organlari tomonidan qishloq xoʻjaligi sohasida qonunchilik ijrosini taʼminlash, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirishda agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazish, suv resurslaridan samarali foydalanish yuzasidan doimiy ravishda monitoring-tahlil tadbirlari oʻtkazilmoqda.

Shu maqsadda, Inspeksiyaning Samarqand viloyat boshqarmasi va tumanlar boʻlimlari tomonidan joriy yil may oyining oʻtgan 20 kuni davomida 937 marotaba nazorat tadbirlari oʻtkazilgan boʻlib, 137 ta qonunbuzilish holatlari aniqlandi. Xususan, “Oʻzagroinspeksiya”ning Ishtixon tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan 87 ta nazorat tadbirlarining 28 tasida, Pastdargʻomda 58 ta nazorat tadbirlarining 18 tasida, Urgut tumanida 62 ta nazorat tadbirlarining 20 tasida, Oqdaryo tumanida 93 ta nazorat tadbirlarining 11 ta holatda qonunbuzilishlar sodir etildi.

Qonunbuzilish holatlarini bartaraf etish, ularga nisbatan huquqiy taʼsir chorasini koʻrish yuzasidan 39 ta qishloq xoʻjaligi korxonalari rahbarlariga nisbatan yozma koʻrsatmalar berilib, 86 ta maʼmuriy qarorlar qabul qilindi. Qonunbuzilish holatlari yuzasidan tegishli tashkilotlar rahbarlariga 1 ta taqdimnoma kiritilgan boʻlib, 11 ta qonunbuzilish holatlari yuzasidan toʻplangan materiallar huquqni muhofaza qiluvchi idoralarga yuborildi. Kelgusida yuqoridagi singari qonunbuzilish holatlari sodir etilmasligi yuzasidan 775 ta qishloq xoʻjaligi korxonalari rasman ogohlantirildi, deya xabar bermoqda “Oʻzagroinspeksiya”ning Samarqand viloyat boshqarmasi axborot xizmati.

Oʻtkazilayotgan nazorat tadbirlaridan koʻzlangan asosiy maqsad, qishloq xoʻjaligi sohasida kuchli qonunchilik bazasini shakllantirish, qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari yetishtirishda suv resurslaridan oqilona foydalanish, agrotexnik tadbirlarni oʻz vaqtida va sifatli oʻtkazishdan iborat.