2021-yil uchun tayanch doktorantura va doktoranturaga 1800 ta oʻringa mablagʻ ajratildi

    Fan 21 Sentabr 2020 3014

    Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan 2021-yil uchun tayanch doktorantura va doktoranturaga qabul kvotalariga buyurtmalarni soʻrab vazirlik va idoralarga murojaat etilganda, yuqoridagi tashkilotlardan 3728 nafar oʻringa buyurtmalar qabul qilindi.

    Moliya vazirligi, oʻz navbatida, byudjet imkoniyatlarini hisobga olgan holda 2021-yil uchun jami 1800 ta oʻringa mablagʻ ajratilishini tasdiqladi. Shundan fan sohasiga tayanch doktoranturaga 365 ta, doktoranturaga 64 ta, taʼlim sohasiga tayanch doktoranturaga 1292 ta, doktoranturaga 79 ta oʻrin ajratildi. Bu jami buyurtma berilgan kvotalarni 48,2 foizini tashkil etadi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan “Oliy oʻquv yurtidan keyingi taʼlim toʻgʻrisida Nizom”ning 14-bandi 5-xatboshiga muvofiq izlanuvchining toʻlov-kontrakt mablagʻlari hisobidan qoʻshimcha qabul kvotasini shakllantirishi mumkin.