2021-yilda 72,8 mln AQSH dollari miqdorida xalqaro loyihalar amalga oshirilgan

    Xalqaro loyihalarni amalga oshirish ko'lami sezilarli darajada oshmoqda jumladan, 2017-yilda 13,23 mln AQSH dollariga teng xalqaro loyihalar bajarilgan bo'lsa, 2021-yil yakunlariga ko'ra, mazkur loyihalar qiymati 72,8 mln AQSH dollariga yetkazilgan.

    Ayni damda AOKAda Oliy va o'rta muaxsus ta'lim vaziri o'rinbosari Rahimjon Hakimov boshchiligidagi mutasaddilar ishtirokida matbuot anjumani davom etyapti.

    Unda oliy ta'lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish yuzasidan amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi rejalar yuzasidan tahliliy ma'lumot berilmoqda.

    OTMda 2021-yakunlariga ko'ra, 80,5 mlrd so'mlik xo'jalik shartnomalari bajarildi va bu ko'rsatkich 2017-yilga nisbatan deyarli etti baravarga oshirildi (ya'ni, 2017-yilda 11,9 mlrd so'mga teng xo'jalik shartnomalari bajarilgan).

    Xalqaro loyihalarni amalga oshirish ko'lami sezilarli darajada oshmoqda jumladan, 2017-yilda 13,23 mln AQSH dollariga teng xalqaro loyihalar bajarilgan bo'lsa, 2021-yil yakunlariga ko'ra, mazkur loyihalar qiymati 72,8 mln AQSH dollariga etkazilgan.

    Shuningdek, 2017-yilga qadar OTMda startap loyihalari asosida yangi mahsulotlar va texnika-texnologiyalarni tijoratlashtirish maqsadida hozirda 14 ta OTM huzurida ilmiy-tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etishga ko'maklashuvchi “Biznes-akseleratorlar”, 40 ta OTMda 47 ta “Inkubatsiya markazlari” faoliyat yuritmoqda, deb yozmoqda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi matbuot xizmati.