Jinoyati fosh qilingan mansabdor shaxslarning 16 nafari respublika, 241 nafari viloyat va 2.547 nafari tuman (shahar) miqyosidagi vazirlik, idora va tashkilotlarda faoliyat yuritgan.

Jinoiy javobgarlikka tortilgan mansabdor shaxslarning 1.741 nafari oʻzganing mulkini oʻzlashtirish va rastrata yoʻli bilan talon - toroj qilish, 269 nafari firibgarlik, 153 nafari pora olish, 168 nafari mansab mavqeini suiisteʼmol qilish, 42 nafari mansab vakolati doirasidan chetga chiqish, 41 nafari mansab soxtakorligi, 12 nafari pora berish va 378 nafari boshqa jinoyatlarni sodir etishgan.

Mansabdor shaxslarning jinoyatlari oqibatida davlat va jamiyat manfaatlariga 913,7 mlrd. soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazilgan boʻlib, tergov jarayonida ushbu zararning 714,8 mlrd. soʻmi undirilgan.