Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yil davomida respublika boʻyicha jami 64,5 mingta yoki 13,6 mln. kv.m turar-joy foydalanishga topshirilgan.
Turar-joylarning asosiy qismi, yaʼni 95,1 % ni uy xoʻjaliklari tomonidan yakka tartibda qurib foydalanishga topshirilgan uy-joylar tashkil etdi.
Namunaviy loyihalar asosida qurilib, foydalanishga topshirilgan turar-joylar ulushi 1,9 % ni, qolgan 3 % turar-joylar boshqa yuridik shaxslar tomonidan qurilgan.
Jismoniy shaxslar tomonidan bunyod etilgan turar-joylarning 70,7 % i hamda namunaviy loyihalar asosida qurib foydalanishga topshirilgan turar-joylarning 87,4 % i qishloq joylarda qurilgan, deb xabar bermoqda davlat Statistika qoʻmitasi matbuot xizmati.