28 ta quduq qurilish bilan tugatilishi rejalashtirilgan boʻlib, amalda 34 ta quduq qurilish bilan tugatilib, ishlab-chiqarishga topshirildi. Shundan 23 ta quduq “2017-2021-yillarda uglevodorod xom-ashyosi qazib chiqarish hajmini koʻpaytirish” Dasturi doirasida amalga oshirilgan boʻlsa, 11 ta quduq “Oʻzbekneftgaz” AJning oʻz mablagʻlari hisobidan burgʻilandi.

Shu taʼkidlash lozimki, geologlarning saʼy-harakatlari evaziga Ustyurt hududida ayrim quduqlarning qurilish konstruksiyalariga oʻzgartirishlar kiritildi va loyihaviy chuqurlikka nisbatan qoʻshimcha burgʻilash ishlari olib borildi. Bu esa oʻz natijasini berdi, quduqlardan kutilgan mahsulotga nisbatan 4-5 barobar koʻp miqdordagi uglevodorod oqimi olinishiga sabab boʻldi. Jumladan, “Quyi Surgil” konidagi 14-, 20-, 22-sonli, “Sharqiy Berdaq” konidagi 96-sonli quduqlardan yuqori debitli tabiiy gaz oqimi olindi.

Bugungi kunda Ustyurt hududida 11 ta burgʻilash dastgohlari yordamida ekspluatatsiya quduqlarni qurish ishlari olib borilyapti. Shundan, burgʻilash ishlari davom etayotgan “Sharqiy Berdaq” konidagi 63-sonli va “Quyi Surgil” konidagi 21-sonli quduqlar loyihaga nisbatan qoʻshimcha 4 500 metr chuqurlikkacha burgʻilanib, ushbu oraliq chuqurlikda quduqni sinash koʻzda tutilgan.

Joriy yilda ikkala dastur boʻyicha Ustyurt hududida 24 ta yangi quduq burgʻilanishi va ishlab-chiqarishga topshirilishi rejalashtirilgan, deb xabar beradi “Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot xizmati.