Sodir boʻlgan gaz otqinini bartaraf etish uchun “Oʻzbekneftgaz” AJ tomonidan kechayu-kunduz ish olib boruvchi tezkor Shtab tashkil qilingandi.
“Oʻzbekneftigaz«ning xabar berishicha, Maxsus Shtab tomonidan gaz otqinini bartaraf etishga qaratilgan tezkor «Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilib, ishlar bosqichma-bosqich hamkor tashkilotlar koʻmagida amalga oshirildi.
Bugungi kun holatiga koʻra, “Yoʻl xaritasi”dagi barcha ishlar malakali mahalliy mutaxassislarning mashaqqatli va samarali mehnati, xalqaro tajribaga ega hamkor kompaniyalar vakillari hamda maxsus texnika vositalari yordamida muvaffaqiyatli bajarilib, quduqni boshqarish imkoni yaratildi.
Qayd etish joizki, quduq turli baxtsiz xodisalar, talofatlarsiz jilovlandi.
Murakkab sharoitdagi quduqni yopish ishlarida koʻrsatgan gʻayrat va shijoati, olovli maydondagi oʻta ogʻir va mashaqqatli mehnati uchun 200 nafar ishchiga tashakkurnoma va esdalik sovgʻalari topshirildi.








