Nashr suhbatdoshining aytishicha, tadbirni kunduzi Los-Anjelesdagi Dolby Theatreda o'tkazish rejalashtirilgan. Shu bois, tashkilotchilar koronavirus tufayli cheklovlarni hisobga olgan holda marosimga qancha odam tashrif buyurishi mumkinligini hozircha aniq ayta olmaydi.
Ta'kidlanishicha, yaqinda Akademiya vakillari Dolby Theatreda xavfsizlikni ta'minlash mumkinmi yoki yo'qligini tekshirib ko'rishdi. Kinoteatr rahbariyati esa marosimning o'tkazilishi haqidagi ma'lumotlarga hali izoh bermagan.
Eslatib o'tamiz, og'ir epidemiologik vaziyat tufayli tadbir fevraldan aprelga qoldirilgandi.