2022 yil gʻalla hosili uchun minimal narxlar belgilandi

    Agrosektor 12 May 2022 2318

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 6-martdagi “Gʻalla yetishtirish, xarid qilish va sotishga bozor tamoyillarini keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-4634-sonli qaroriga muvofiq Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashiga jahon bozori, mintaqaviy birjalar narxlarini tahlil qilgan holda kelgusi yil gʻalla hosili uchun kutilayotgan minimal narxlarni eʼlon qilish hamda bozorlardagi narxlardan kelib chiqib, har chorakda ushbu narxga tuzatishlar kiritib, ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilib borish vazifasi yuklatilgan.

    Shunga muvofiq, Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda fermer, dehqon xoʻjaliklari va tomorqa yer egalari kengashi tomonidan jahon bozori hamda mintaqaviy birjalar narxlari tahlil qilinib, 1 tonna gʻalla hosili uchun kutilayotgan minimal narx 3,0 million soʻm boʻlishi eʼlon qilinadi, deb xabar beradi Qishloq xoʻjaligi vazirligi matbuot xizmati.

    Bozorlardagi narxlardan kelib chiqqan holda har chorakda kutilayotgan minimal narxga tuzatishlar kiritilib, ommaviy axborot vositalari orqali eʼlon qilinadi.