Bu haqda "Norma" xabar bermoqda.

Mazkur hisobor shaklllari "Rasmiy statistika to‘g‘risida"gi Qonun va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 6 noyabrdagi "O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga muvofiq ishlab chiqilgan.

Qayd etilishicha, statistika hisobotining barcha 109 ta shakli hisobot topshiradigan sub’yektlar tomonidan 2021 yil uchun yillik hisobotlarni taqdim etish uchun mo‘ljallangan. Ular eStat dasturidan foydalanilgan holda Internet orqali elektron shaklda taqdim etiladi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan bo'lib, 2022 yildan kuchga kiradi.