2022-yilda elektrotexnika sanoati korxonalari tomonidan umumiy qiymati 800,8 mln.dollardan ortiq 196 turdagi mahsulotlar 60 ta mamlakatga eksport qilindi, deb xabar beradi “Oʻzeltexsanoat” uyushmasi axborot xizmati.
GSP+ imtiyozlaridan foydalangan holda Yevropaning Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, Ruminiya, Slaveniya, Chexiya, Avstriya va Vengriya davlatlariga, shu bilan birga Iroq, Livan, Markaziy va Gʻarbiy Afrikaning Gana, Kamerun Respublikalariga tarixda birinchi marta elektrotexnika mahsulotlari eksport qilingan.
4 ta xalqaro koʻrgazmada milliy mahsulotlar uchun alohida maydon ajratildi. Koʻrgazmalar davomida korxonalar qariyb 50 mln.dollarlik shartnomalarni imzolashga erishdi. Eng koʻp mahsulotlar eksporti Turkiya, Rossiya, Qozogʻiston, Tojikiston, Ozarbayjon kabi davlatlar hissasiga toʻgʻri keladi. Ilk marotaba 14 ta yangi korxona oʻz mahsulotlarini eksportga chiqardi.