2022 yilda Yer atmosferasidagi issiqxona gazlarining miqdori rekord darajaga yetdi – olimlar

    2022 yilda Yer atmosferasidagi issiqxona gazlarining miqdori rekord darajaga yetdi. BMT Jahon meteorologiya tashkiloti ekspertlari ana shunday xulosaga kelishdi.

    Hozirgi vaqtda karbonat angidrid konsentratsiyasi sanoatdan oldingi davrga qaraganda 50 foizga yuqori. Jahon meteorologiya tashkiloti ma'lumotlariga ko'ra, bunday holat Yerda 3-5 million yil davomida kuzatilmagan.

    Yana ikkita asosiy issiqxona gazlari, ya'ni metan va azot oksidi konsentratsiyasi ham oshdi. Tashkilotning ta'kidlashicha, ko'plab mamlakatlarning emissiyalarni kamaytirishga qaratilgan sa'y-harakatlariga qaramay, issiqxona gazlarining o'sishi tendensiyasining “chegarasi ko'rinmaydi”. Bu global isish va ekstremal ob-havo hodisalari ham kuchayishini anglatadi.

    Olimlarning ta'kidlashicha, isishning eng yomon oqibatlarini oldini olish uchun ko'mir iste'molini hozirgidan yetti barobarga kamaytirish kerak.

    Tashkilot hisobotida aytilishicha, 1990-yildan 2022-yilgacha atmosferadagi issiqxona gazlarining issiqlik ta'siri 50 foizga oshgan. Ushbu ko'rsatkichning 80 foizi karbonat angidrid hisobiga yuzaga kelmoqda.

    2022-yilda metan konsentratsiyasining oshgani ham qayd etilgan.

    2022-yilda azot oksidining o'sishi rekord darajaga yetdi. Issiqxona gazi o'g'itlardan ortiqcha foydalanish, o'simlik va sanoat chiqindilarini yoqish oqibatida hosil bo'ladi, deb xabar beradi mir24.tv.