2022-yilda Ispaniyada Oʻzbekiston tarixidan soʻzlovchi festival tashkil etiladi

    O'zbekistonning Madriddagi elchixonasida «Mudexares» jamoatchilik madaniyat markazi vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.

    Uchrashuvda Valensiya provinsiyasining Onten`ente shahrida 2022-yil 16-24-avgust kunlari O'zbekistonning boy tarixi, madaniyati va sayyohlik salohiyatiga bag'ishlangan festivalni yuqori saviyada o'tkazish bilan bog'liq masalalar muhokama qilindi.

    Loyiha menejeri Rafael` Ferreroning so'zlariga ko'ra, madaniy tadbir dasturidan milliy liboslar ko'rgazmasi, an'anaviy kashtachilik, fotoko'rgazma, milliy raqslar, O'zbekiston amaliy san'ati yarmarkasi, o'zbek milliy oshxonasi taqdimoti, shuningdek, simfonik orkestrning «Samarqand», «Farg'ona» va «Ulug'bek» musiqiy kompozitsiyalari kiritilgan konsert joy olgan. Ushbu kompozitsiyalar mashhur ispan kompozitori Saul` Gomes Soler tomonidan Samarqandning ko'hna tarixi, Farg'ona vodiysi ikati va Mirzo Ulug'bek hukmronligi davridan ilhomlanib yozilgan.

    "Dunyo" AAning e'tiroficha, Mazkur festivalga tayyorgarlik ishlari doirasida Onten`ente shahrida simfonik orkestrning konserti tashkil etildi. Unda ushbu kompozitsiyalar ijro etildi. Konsert mehmonlari musiqiy dasturni iliq kutib oldi.