Ushbu oʻqituvchilarga Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori asosida belgilangan jami 1.5 mlrd soʻmga yaqin pul mukofotlari toʻlab berildi. Bu haqda Xalq taʼlimi vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.

Xususan:

Nufuzli xalqaro olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan maktab oʻquvchilarining oʻqituvchilariga jami 390 mln. soʻm;

Mintaqaviy xalqaro olimpiadalarda gʻoliblikni qoʻlga kiritgan maktab oʻquvchilarining oʻqituvchilariga jami 388 mln. soʻm;

1-11-iyun kunlari Asosiy olimpiadalari Respublika bosqichlarida gʻolibni qoʻlga kiritgan maktab oʻquvchilarining oʻqituvchilari jami 690 mln. soʻm miqdoridagi pul mukofotlari taqdim etildi.

Eslatib oʻtamiz, 2022-yilda Xalqaro va Respublika olimpiadalarida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan oʻquvchilar 3,1 mlrd. soʻm miqdoridagi pul mukofotlari bilan taqdirlangan edi.