Olimpiada 2026-yil 26–28-yanvar kunlari anʼanaviy — oflayn shaklda tashkil etiladi. Unda Oʻzbekiston hamda xorijiy davlatlardagi oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan iqtidorli talabalar ishtirok etishi mumkin.

Musobaqaning asosiy maqsadi — talabalarning bilim va salohiyatini namoyon etish, ularning xalqaro darajada tengdoshlari bilan raqobatbardosh muhitda bellashishini taʼminlash hamda matematika fanidan xalqaro standartlarga mos ilmiy musobaqa maydonini yaratishdan iborat.

Olimpiadada ishtirok etish uchun roʻyxatdan oʻtish 2026-yil 18-yanvar kuniga qadar amalga oshiriladi.

Jamoa tarkibida roʻyxatdan oʻtgan ishtirokchilar individual turlarda qatnashish uchun qoʻshimcha ravishda belgilangan havola orqali alohida roʻyxatdan oʻtishlari lozim.