Tuzilgan bitta bitimning oʻrtacha qiymati 2,6 mln soʻmni tashkil etgan. Sotilgan avtoraqamlarning 91% jismoniy shaxslar, 9% - yuridik shaxslar tomonidan xarid qilingan.
Oʻtgan davrda sotilgan avtoraqamlarning eng past bahosi 494,9 ming soʻmni, eng qimmat avtoraqamning qiymati esa – 348,0 mln soʻmni tashkil qildi.
Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 5% – birinchi toifadagi avtoraqamlar, 8% – ikkinchi, 8% – uchinchi, 11% – toʻrtinchi, 22% – beshinchi va 46% – oltinchi toifa avtoraqamlarga toʻgʻri kelgan.
Hududlar kesimida eng koʻp avtoraqamlar Toshkent shahri va Toshkent viloyati (31%) Samarqand va Qashqadaryo (8% dan), Namangan, Andijon va Surxandaryo (7% dan), hamda Xorazm (6%) viloyatlarida xarid qilingan.
Eslatib oʻtamiz, avtoraqamlarni onlayn-auksionlarda sotilishidan kelib tushgan mablagʻlarning 80% – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, 20% – Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining moddiy-texnik bazasini rivojlantirish, xodimlarini moddiy ragʻbatlantirish va boshqa xarajatlar Maxsus jamgʻarmasiga yoʻnaltiriladi.