Tahlillar natijasiga koʻra, 24 ta davlatda jumladan, Avstriya, Argentina, Armaniston, Bangladesh, Belorussiya, Bolgariya, Vengriya, Germaniya, Gruziya, Ispaniya, Italiya, Makedoniya, Gollandiya, Pokiston, Polsha, Rossiya, Rumыniya, Slovakiya, Turkiya, Ukraina, Fransiya, Xitoy, Hindiston, Shveysariya davlati hamda yurtimizda ishlab chiqarilgan 271 turdagi 3 382 502 shartli oʻram, umumiy qiymati 90.57 mlrd soʻm boʻlgan dori vositalari (toʻliq roʻyxat) sertifikatlashtirish jarayonida nomuvofiqligi aniqlanib qoʻllash uchun yaroqsiz deb topildi hamda sertifikatlashtirilishi rad etilib, mazkur sifatsiz dori vositalarining muomalaga chiqarilishini oldi olindi.
Bu haqda Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish Davlat markazi matbuot kotibi Lochinbek Xudoyorov maʼlum qildi.
Maʼlumot uchun, “Muvofiqlik sertifikati” — sertifikatlangan mahsulotning belgilangan talablarga muvofiqligini tasdiqlash uchun sertifikatlashtirish tizimi qoidalariga binoan berilgan hujjat hisoblanadi.