Agentlik maʼlumotlariga koʻra, bu haqda ABC telekanalining “Xayr tong, Amerika” koʻrsatuvida rasman eʼlon qilinadi. Walt Disney Co (DIS.N)ga tegishli ABC 27-mart kuni taqdirlash marosimini translyatsiya qiladi.

Qayd etilishicha, mukofot soʻnggi uch yil ichida ilk bor mezbonlar bilan birga oʻtkaziladi. Bunday qaror soʻnggi yillarda telekoʻrsatuvning reytingi pastligi munosabati bilan qabul qilingan.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, “Oskar” mukofoti prodyusseri Uill Pekker tomoshabinlarni marosimga jalb qilish uchun komediya fazilatlariga ega, butunlay ayollardan iborat jamoani tanlagan. Kino sanʼati va fanlari akademiyasining tantanali marosimi Los-Anjelesdagi Dolby Theaterida boʻlib oʻtadi.

Shuningdek, mukofot tashkilotchilari tadbirga yangilik kiritishga qaror qilib, qoʻshimcha “nominatsiya” yaratdi. Shunday qilib, Twitter foydalanuvchilari oʻzlarining sevimli filmiga ovoz berishga taklif qilindi, eng koʻp tilga olingan surat marosimda eʼlon qilinadi, deya xabar bermoqda Reuters.