“Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Osiyo futbol konfederatsiyasi bilan yirik xalqaro turnirlarga mezbonlik qilish boʻyicha hamkorlikni davom ettirmoqda.

OʻFA 2022-yilgi U23 Osiyo kubogi Oʻzbekistonda qabul qilish boʻyicha OFKga soʻrovnoma yuborgan edi. OʻFA mutaxassislari mazkur chempionatni mamlakatimizda oʻtkazish boʻyicha tender jarayoniga doir zaruriy hujjatlarni OFK vakillariga taqdim etdi va muzokaralar olib bordi.

Natijada Osiyo futbol konfederatsiyasi U23 Osiyo kubogi-2022 bellashuvlarini yurtimiz yashil maydonlarida boʻlib oʻtishiga rozilik bildirdi”, — deyiladi xabarda.

Maʼlumot oʻrnida aytib oʻtish lozimki, 2013-yildan buyon tashkil etib kelinayotgan mazkur musobaqada hozirga qadar Oʻzbekiston, Janubiy Koreya, Yaponiya va Iroq U23 milliy jamoalari bosh sovrinni qoʻlga kiritgan.