Amalga oshirilgan transchegaraviy pul oʻtkazmalari hajmi oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 3 foizga oshgan (1,42 mlrd. AQSH dollar).

Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda tijorat banklarida Zolotaya Korona, Western Union, Contact, MoneyGram, Migom, Unistream, RIA Money Transfer, Aziya-Ekspress, Intel Express, UPT kabi xalqaro pul oʻtkazmalari tizimlari ishlab turibdi.