Qayd etilishicha, bojxona imtiyozlari 23,5 trln soʻmni tashkil etib, aylanma mablagʻ sifatida 12,1 mingta xoʻjalik subyektlari ixtiyorida qoldirildi. Imtiyozlar 10,2 trln soʻmga yoki 77 foizga ortdi.
Tezkor tadbirlarda:
- 562,1 kg giyohvandlik vositalari, 190 ming dona kuchli taʼsir etuvchi va 2,3 ming dona psixotrop moddalar 4,7 ming dona taqiqlangan adabiyotlar ushlab qolindi.
- 8 420 ta holatda 434 mlrd soʻmlik tovarlarning noqonuniy aylanuvi aniqlandi.
- 2,2 mln dollarga teng naqd xorijiy valyuta, 8,2 mlrd soʻmlik zargarlik buyumlari, 1 066 dona madaniy boyliklarning noqonuniy aylanuviga chek qoʻyildi.