O'rtacha global harorat Selsiy bo'yicha 14,98 darajani tashkil etdi, bu 2016-yilda o'rnatilgan avvalgi rekorddan 0,17 darajaga yuqori.

Mutaxassislarning ogohlantirishicha, dunyo allaqachon iqlim bo'yicha Parij kelishuvida belgilab qo'yilgan isish chegarasiga yaqinlashmoqda – sanoatdan oldingi darajadan 1,5 daraja yuqori. Buning asosiy sababi issiqxona gazlari chiqindilarining ortib borayotgani aytilmoqda.

2023-yilda tabiiy ofatlardan kelib chiqqan moddiy zararning rekord darajasi ham kuzatildi. Yer sharining turli burchaklarida qurg'oqchilik, suv toshqinlari, o'rmon yong'inlari va issiqlik to'lqinlari yuzaga kelgan.

Olimlar, shuningdek, 2024-yilda o'tgan yildagi ko'plab harorat rekordlari yangilanishini taxmin qilishdi, deb xabar beradi mir24.tv.