MDH Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 2022-yil 14-oktabr kuni Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan sammitda Hamdo‘stlik davlatlari rahbarlari Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayevning Ijroiya qo‘mitasi raisi – MDH Ijrochi kotibi lavozimini 2023-yildan «MDH Bosh kotibi» lavozimiga o‘zgartirish to‘g‘risidagi tashabbusini qo‘llab-quvvatlagan edilar.
Ushbu Sammitda MDH davlat rahbarlari Sergey Lebedevning Hamdo‘stlik Ijroiya qo‘mitasi rahbari sifatidagi vakolatlarini yana uch yil muddatga uzaytirish to‘risida qaror qilgan.