2023 yilda Samarqand Butunjahon turizm poytaxtiga aylanadi

    Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) assambleyasi Bosh kotibi Zurab Pololikashvili Samarqandga tashrif buyurdi.

    Yuqori martabali mehmonni Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazir oʻrinbosari - Turizm va madaniy meros vaziri Aziz Abduhakimov kutib oldi.

    Taʼkidlash lozimki, 2021-yil dekabr oyida Madrid shahrida UNWTOning 24-sessiyasi boʻlib oʻtgan edi. Ovoz berish natijasiga koʻra, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Butunjahon turizm tashkiloti (UNWTO) Bosh assambleyasi 2023-yilda Samarqand shahrida oʻtkazilishi haqida qaror qabul qilgan edi.

    Bosh kotibi Zurab Pololikashvili tashrif davomida Samarqand shahridagi turizm obyektlari, qadimiy inshootlar holati bilan tanishadi.