Qatarning Doha shahrida oʻtkazilgan 7-Xalqaro Qatar kubogi musobaqasida yurtdoshimiz Doston Yoqubov 3 ta oltin medalni qoʻlga kiritdi.

Bu haqda Oʻzbekiston ogʻir atletika federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

-73kg vazn toifasida ishtirok etgan sportchimiz dast koʻtarishda 137kg, siltab koʻtarishda 175kg tosh koʻtarib yaxshi natija koʻrsatdi.

Shuningdek, ikkikurash natijasiga koʻra 312kg bilan terma jamoamizning 2023-yilgi medallar jamgʻarmasini 3ta oltin medal bilan boshlab berdi.