Ogʻir atletika boʻyicha Osiyo chempionatining navbatdagi kunida 9 ta medal qoʻlga kiritildi

    Sport 8 Iyul 2025 652

    Qozogʻistonning Astana shahri mezbonlik qilayotgan ogʻir atletika boʻyicha oʻsmirlari va yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatining yana bir kuni ortda qoldi.

    Qayd etilishicha, unda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 4 ta kumush va 5 ta bronza medallariga ega chiqishdi.

    Kumush medal:

    • -63 kg: Sarvinoz Koʻpaysinova (dast koʻtarish, oʻsmirlar)
    • -63 kg: Sarvinoz Koʻpaysinova (siltab koʻtarish, oʻsmirlar)
    • -63 kg: Sarvinoz Koʻpaysinova (ikki kurash, oʻsmirlar)
    • -79 kg: Hayitboy Abdushukurov (dast koʻtarish, yoshlar)

    Bronza medal:

    • -79 kg: Sunnatbek Yusubboyev (dast koʻtarish, oʻsmirlar)
    • -79 kg: Sunnatbek Yusubboyev (siltab koʻtarish, oʻsmirlar)
    • -79 kg: Sunnatbek Yusubboyev (ikki kurash, oʻsmirlar)
    • -79 kg: Hayitboy Abdushukurov (siltab koʻtarish, yoshlar)
    • -79 kg: Hayitboy Abdushukurov (ikki kurash, yoshlar)