2023-yilning iyul oyi rasman tarixdagi eng issiq oy sifatida tan olindi

    Olimlar 2023-yilning iyulini Yer yuzidagi eng issiq oy deb e'lon qilishdi. U avvalgi harorat rekordini katta farq bilan ortda qoldirdi.

    Yozning ikkinchi oyida o'rtacha global harorat Selsiy bo'yicha 16,95 darajani tashkil etdi. Bu 2019-yilda qayd etilgan avvalgi maksimal ko'rsatkichdan 0,3 darajaga yuqori.

    Iyul oyida AQShning janubi-g'arbiy qismida, Meksikada, shuningdek, Yevropa va Osiyoning bir qancha mamlakatlarida g'ayritabiiy yuqori harorat kuzatildi. Mazkur oyning 2 sanasidan boshlab harorat rekordlari qayd etila boshladi. Klimatologlar bu oy rekord darajadagi eng issiq oy bo'lishi mumkinligini oldindan taxmin qilishdi va avgust oyi boshida o'tkazilgan hisob-kitoblar buni tasdiqladi.

    2023-yil iyul oyi sanoatgacha bo'lgan davrga nisbatan o'rtacha 1,5 darajaga, 1991-2020-yillarga nisbatan esa 0,7 darajaga issiq bo'lgan, deb xabar beradi mir24.tv.