2024-yil 1-iyundan 1-avgustgacha bir kub metr «metan» gazning eng baland narxi 3750 soʻm qilib belgilanmoqda

    2024-yil 25-may kuni Vazirlar Mahkamasining «metan» gaz uchun belgilangan eng baland chakana narxning amal qilish muddatini uzaytirish koʻzda tutilgan qarori qabul qilindi.

    Unga koʻra, avtomobillarga gaz toʻldirish kompressor shoxobchalarida tabiiy gazni sotishda 2023-yil 15 sentyabrdagi 475-sonli qaror 7-bandiga asosan kiritilgan uning eng baland chakana narxi 2024-yil 1-avgustgacha bir kub metr uchun 3750 soʻm qilib belgilanmoqda.

    Yaʼni 1-iyundan eʼtiboran yakuniga yetishi kerak boʻlgan eng baland chakana narx uchun belgilangan muddat yana ikki oy davomida ayrim oʻzgartishlar bilan amal qiladi (avvalgi narx 2024-yil 1-aprelgacha 3250 soʻm, 2024-yil 1-iyungacha esa 3350 soʻm edi).