Oʻtgan 2024-yil davomida “103” xizmatiga jami 2713 ta yolgʻon chaqiriq kelib tushdi.
Bu haqda Sogʻliqni saqlash vazirligi axborot xizmati maʼlum qildi.
Qayd etilishicha, mazkur koʻrsatkichni 2023-yilning ayni shu davri bilan taqqoslaganda qariyb 792 taga kamaygan.
2024-yilning yanvar dekabr oylarida eng koʻp yolgʻon chaqiriq Samarqand viloyatida kuzatilib, mazkur raqam 645 tani tashkil etdi.
Keyingi oʻrinda Qashqadaryo viloyati qayd etildi — 436 ta. Shuningdek, Fargʻona viloyatidan 259 ta ana shunday murojaat kelib tushgan.
Eng kam yolgʻon chaqiriq esa Sirdaryo viloyatida roʻyxatga olindi — 17 ta!