Mart oyida oʻrtacha oylik havo harorati meʼyordan 1-2 darajaga past, baʼzi joylarda meʼyor atrofida boʻlib, 4-9 daraja iliqni, janubda 10-11 daraja iliqni tashkil etadi.

Oy davomida harorat kechalari 0-5 daraja sovuqdan 5-10 daraja iliqqacha, kunduz kunlari 5-10 daraja iliqdan 17-22 daraja iliqqacha, janubda 20-25 daraja iliqqacha keskin oʻzgarib turishi prognoz qilinmoqda.

Respublika hududining katta qismida oylik yogʻingarchilik miqdori meʼyor atrofida, baʼzi joylarda undan koʻp boʻlishi kutilmoqda.