Qayd etilishicha, oʻtgan 2024-yil mamlakatimiz boʻylab “103” xizmatiga jami 13 million 536 ming 396 ta chaqiriq kelib tushgan. Bajarilgan chaqiruvlarning aksariyati, yaʼni 9 million 695 ming 302 tasi shoshilinch koʻrsatma bilan, shuningdek, surunkali kasalliklar – 3 million 399 ming 379 ta va tugʻruqlar – 91 ming 447 tani tashkil qildi.
— Eng koʻp murojaatlar:
— Fargʻona viloyati — 1 405 259 ta;
— Toshkent shahri — 1 395 854 ta;
— Andijon viloyati — 1 359 389 ta;
— Toshkent viloyati — 1 260 608 ta;
— Surxondaryo viloyati — 1 223 981 ta qayd etilgan.
Eng kam chaqiriq Navoiy viloyati (401 762 ta), Sirdaryo viloyati (454 455 ta), Jizzax viloyati (548 238 ta) va Buxoro viloyatida (649 134 ta) hamda Xorazm viloyatida (662 239 ta) kuzatildi.
Eslatib oʻtamiz, hozirgi kunda “Tez yordam” xizmatida jami 2 857 ta tibbiy brigada faoliyat olib bormoqda.