Oʻtgan yili koʻplab davlat korxonalari dividend va soliq toʻlovlari boʻyicha byudjetga 8 trillion soʻm tushumni taʼminlay olmagani koʻrsatib oʻtildi.

Hududlar rahbarlari ajratilgan byudjet ssudalari qaytarilmayotgani holatlari boʻyicha qatʼiy choralar koʻrilishi haqida ogohlantirildi.

Sirdaryo va Jizzaxda soliq tushumlari 20 foiz oʻsgan boʻlsa, Xorazm, Buxoro va Qashqadaryoda bu koʻrsatkich 7 foizga ham yetmagani tanqid qilindi.

Masalan, yuridik shaxs maqomidagi 18 mingta ovqatlanish korxonasidan atigi 2 ming 300 tasi QQS toʻlovchi hisoblanadi. Sababi, ular tovar aylanmasini 1 milliard soʻmdan oshirmaslik uchun bitta oshxonaga 3-4 tadan firma ochib qoʻygan.

Bunday holatlar boʻyicha mahalladagi soliqchi, tuman soliq boshliqlari va oʻrinbosarlarining ishi sustligi koʻrsatib oʻtildi.