Jami 61 ta “davlat to'qnashuvi” qayd etilgan bo'lib, ulardan 11 tasi to'liq miqyosli urushlarga aylanib, mingdan ortiq odam halok bo'lgan.
Mutaxassislarning ta'kidlashicha, tinch aholi tasodifan emas, balki qasddan nishonga aylanib, halok bormoqda.
2024-yilda hujumlarda halok bo'lgan tinch aholi soni 31 foizga oshib, 13 900 nafarga yetdi. Eng ko'p o'limga Kongo Demokratik Respublikasidagi “Islomiy davlat” sabab bo'ldi.
Hozirgi zo'ravonlik darajasi 1994-yilgi Ruanda genotsididan keyingi to'rtinchi eng yuqori ko'rsatkichdir.
O'tgan yili dunyo bo'ylab uyushgan zo'ravonliklarda deyarli 160 ming kishi halok bo'ldi. Eng halokatli mojaro Ukrainadagi urush bo'lib qolmoqda, birgina 2023-yilda 76 mingga yaqin odam halok bo'lgan.
UCDP, shuningdek, davlatlararo mojarolar va o'z chegaralaridan tashqarida qurolli guruhlarni qo'llab-quvvatlash holatlari ko'paygani haqida ogohlantirdi, deb xabar beradi korrespondent.net.
Tahlilchilarning aytishicha, bu yanada ko'proq qurbonlarga olib kelishi mumkin bo'lgan xavfli dinamikani keltirib chiqarmoqda.









