2024-yilda magnit bo'ronlari tez-tez sodir bo'lishi ma'lum qilindi

    Quyosh 2024-yilda o'z faolligining eng yuqori cho'qqisiga chiqadi, bu esa Yerda kuchli magnit bo'ronlariga olib keladi.

    Bu haqda Rossiya Fanlar akademiyasi Koinot tadqiqotlari instituti va quyosh-yer fizikasi institutining quyosh astronomiyasi laboratoriyasi rahbari Sergey Bogachev ma'lum qildi.

    Mutaxassisning so'zlariga ko'ra, o'tgan yilga nisbatan bu yil ham Quyoshning chaqnashi, ham uning geomagnit faolligi bo'yicha ham voqealarga boy bo'ladi.

    “Umuman olganda, har oy sezilarli bo'ronlar bo'ladi – menimcha bir oyda ikki yoki uchta bo'ron yuz beradi”, dedi olim.

    Magnit bo'ronlarining cho'qqisi may-iyun oylarida sodir bo'ladi va yil oxiriga kelib faollik pasayishni boshlashi mumkin, deya qo'shimcha qildi Bogachev.

    1-yanvarga o'tar kechasi Quyoshda kuchli chaqnash sodir bo'ldi, bu magnit bo'roniga olib keldi, indeksi sakkizga yetdi, deb xabar beradi mir24.tv.