2024-yilda Oʻzbekistonda transport xizmatlari hajmi 145 trillion soʻmdan oshdi

    2024-yilning yanvar dekabr oylari yakuniga koʻra, Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha transport xizmatlari hajmi 145 124,4 mlrd soʻmni tashkil etib, 2023-yilning mos davriga nisbatan 8,6 foizga oʻsdi.

    Bu haqda Transport vazirligi maʼlum qildi.

    Qayd etilishicha, transport xizmatlari hajmining oʻsish dinamikasi (mlrd soʻm) qoʻyidagicha:

    • 2020-yil – 53 662,9
    • 2021-yil – 67 238,6
    • 2022-yil – 83 985,6
    • 2023-yil – 114 553,3
    • 2024-yil – 145 124,4

    Transport sektorining barqaror oʻsishi quyidagilar bilan bogʻliq:

    • Logistika va transport infratuzilmasining yaxshilanishi
    • Tashish sohasiga zamonaviy raqamli texnologiyalarning joriy etilishi
    • Sohaga investitsiyalarning faol jalb qilish.

    Transport vazirligi transport tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, xizmatlar sifatini oshirish, biznes va aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha ishlarni davom ettiradi.