Bu haqda Transport vazirligi maʼlum qildi.

Qayd etilishicha, transport xizmatlari hajmining oʻsish dinamikasi (mlrd soʻm) qoʻyidagicha:

  • 2020-yil – 53 662,9
  • 2021-yil – 67 238,6
  • 2022-yil – 83 985,6
  • 2023-yil – 114 553,3
  • 2024-yil – 145 124,4

Transport sektorining barqaror oʻsishi quyidagilar bilan bogʻliq:

  • Logistika va transport infratuzilmasining yaxshilanishi
  • Tashish sohasiga zamonaviy raqamli texnologiyalarning joriy etilishi
  • Sohaga investitsiyalarning faol jalb qilish.

Transport vazirligi transport tizimini rivojlantirish va modernizatsiya qilish, xizmatlar sifatini oshirish, biznes va aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha ishlarni davom ettiradi.