Statistika agentligining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, Oʻzbekiston 2024-yilda xorijga qiymati 99,4 mln AQSH dollariga teng boʻlgan 123,4 ming tonna mosh eksport qilgan.
Oʻzbekiston 2024-yilning 12 oyida eng koʻp mosh eksport qilgan davlatlar:
— Xitoy – 112 129 tonna
— Qozogʻiston – 5 439 tonna
— Rossiya – 1 593 tonna
— Niderlandiya – 806 tonna
— Pokiston – 435 tonna
Boshqa davlatlar – 2 993 tonna mosh eksport qilingan.