2024-yilda yer qaʼridan foydalanuvchilar uchun soliqlarda nimalar oʻzgardi

Qatʼiy belgilangan summada belgilangan soliq stavkalari boʻyicha foydali qazilmalarning ayrim turlariga 2023-yilda amalda boʻlgan stavkalar oʻrtacha 12%ga indeksatsiya qilindi.

2024-yilda suv soligʻida nimalar oʻzgardi

2023-yilda suv resurslaridan foydalanganlik uchun amalda boʻlgan soliq stavkalari 12 – 30% ga indeksatsiya qilingan.

2024-yilda yer soligʻida nimalar oʻzgardi

2023-yilda amalda boʻlgan qishloq xoʻjaligiga moʻljallanmagan yer uchastkalari boʻyicha soliq stavkalari oʻrtacha 12%ga indeksatsiya qilindi. Qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallangan yerlar boʻyicha soliq stavkasi oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishga moʻljallangan yerlarning standart qiymatiga 0,95 foizida saqlanib qoldi.

2024-yilda aksiz soligʻidagi oʻzgarishlar

2023-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-891-son Qonuni aksiz soligʻi stavkalarini indeksatsiya qildi va gazlangan shakarli ichimliklar va energetiklarga aksiz soligʻini joriy etdi.

2024-yilda yigʻimlar toʻlovida nimalar oʻzgaradi

Avtomobil yoʻllari boʻylab harakatlanish huquqi uchun yangi yigʻim joriy etildi, utilizatsiya yigʻimini qoʻllash doirasi kengaydi, kirish va tranzit uchun toʻlovni toʻlash qulaylashtirildi.

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar va talabalar yakka tartibdagi tadbirkor sifatida soliq toʻlaydi

Oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar va talabalar (baʼzi xizmatlardan olingan daromadlardan) 2024-yilgacha JSHDS toʻlamagan. 2023-yil 28-dekabrdagi OʻRQ-891-son Qonuni ularni yakka tartibdagi tadbirkorlar bilan soliq solishda deyarli tenglashtirdi.

2024-yilda JSHDS va ijtimoiy soliqni qanday toʻlaymiz

“Ish haqi” soliqlarining asosiy elementlari – soliq stavkalari, soliqlarni hisoblash va toʻlash tartibi, shu jumladan SHJBPHga 0,1% oʻtkazish, toʻlov muddatlari va hisob-kitoblarni taqdim etish – 2024-yilda oʻzgarmadi. Ammo oʻzgarishlar ham bor. Bu haqda batafsil Norma mutaxassislari tayyorlagan sharhda tanishishingiz mumkin, deb xabar beradi Norma.