UzAuto Motors kompaniyasi axborot xizmati maʼlum qilishicha, 26-dekabr kuni oxiriga kelib Kobalt, Damas va Labo avtomobillari uchun jami 98.3 mingdan ortiq shartnomalar tuzildi. Ularning 95 foizi Kobalt avtomobiliga tuzilgan.

Shu bilan, Kobalt avtomobillarining kontraktatsiyasi tugatilgan. Ayni paytda “UzavtoSavdo” onlayn-savdo tizimi orqali “Damas” va “Labo” avtomobillariga shartnoma tuzish imkoniyati mavjud.