Ular Navoiy viloyatida Oʻzbekistonning yovvoyi tabiatiga bagʻishlangan film suratga olmoqda, deya xabar bermoqda Tashqi ishlar vaziri matbuot kotibi Ahror Burhonov oʻzining telegramdagi sahifasida.
Qayd etilishicha, film respublikaning noyob qush turlarini saqlab qolish boʻyicha koʻrayotgan saʼy-harakatlari haqida hikoya qiladi.
Bu guruhning mamlakatga ikkinchi tashrifi boʻlib, birinchi marotaba ular 2024-yil aprel oyida tashrif buyurishgan edi.
Tashqi ishlar vazirligi xorijdagi diplomatik vakolatxonalarimiz bilan hamkorlikda xorijiy ommaviy axborot vositalari vakillarini mamlakatimizga muntazam ravishda taklif etib kelmoqda.
Ular Oʻzbekistonning boy tabiati, qadimiy tarixi, betakror madaniyati hamda turli sohalardagi salohiyati haqida koʻrsatuvlar tayyorlamoqda. 2024-yil davomida Tashqi ishlar vazirligi huzurida qariyb ikki ming nafar xorijiy jurnalist akkreditatsiyadan oʻtkazildi.