2024/2025 oʻquv yilida maktablardan nechta bitiruvchi uchirma boʻlmoqda?

    Ta'lim 24 May 2025 1438

    Ushbu koʻrsatkich 2023/2024 oʻquv yilga nisbatan solishtirilganda 49,2 ming nafarga yoki 12,1 % ga oshgan.

    Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2024/2025 oʻquv yilda barcha mulkchilik shakli boʻyicha umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini 11-sinfini bitirishi kutilayotgan oʻquvchilarning umumiy soni 455,2 ming nafarni tashkil etadi. Shundan 243,1 ming nafari qiz bolalar.

    Hududlar boʻyicha 2025-yilda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini 11-sinfini bitirishi kutilayotgan oʻquvchilar soni quyidagicha:

    • Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 25 987 nafar;
    • Andijon – 39 598 nafar;
    • Buxoro – 23 619 nafar;
    • Jizzax – 18 367 nafar;
    • Qashqadaryo – 44 670 nafar;
    • Navoiy – 13 427 nafar;
    • Namangan – 37 476 nafar;
    • Samarqand – 51 875 nafar;
    • Surxondaryo – 35 997 nafar;
    • Sirdaryo – 11 105 nafar;
    • Toshkent – 35 764 nafar;
    • Fargʻona – 47 068 nafar;
    • Xorazm – 29 074 nafar;
    • Toshkent sh. – 41 132 nafar.