Milliy statistika qoʻmitasining dastlabki maʼlumotlariga koʻra, 2024/2025 oʻquv yilda barcha mulkchilik shakli boʻyicha umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini 11-sinfini bitirishi kutilayotgan oʻquvchilarning umumiy soni 455,2 ming nafarni tashkil etadi. Shundan 243,1 ming nafari qiz bolalar.

Hududlar boʻyicha 2025-yilda umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlarini 11-sinfini bitirishi kutilayotgan oʻquvchilar soni quyidagicha:

  • Qoraqalpogʻiston Respublikasi – 25 987 nafar;
  • Andijon – 39 598 nafar;
  • Buxoro – 23 619 nafar;
  • Jizzax – 18 367 nafar;
  • Qashqadaryo – 44 670 nafar;
  • Navoiy – 13 427 nafar;
  • Namangan – 37 476 nafar;
  • Samarqand – 51 875 nafar;
  • Surxondaryo – 35 997 nafar;
  • Sirdaryo – 11 105 nafar;
  • Toshkent – 35 764 nafar;
  • Fargʻona – 47 068 nafar;
  • Xorazm – 29 074 nafar;
  • Toshkent sh. – 41 132 nafar.